<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov</author>
<title>Siz Rabbim</title>
<lyrics>[V1]
. Am Em Dm E
 -
 Siz Rabbim koʻrlarni
 Koʻzini ochgan
 Siz Rabbim Xudoyim
 Soʻzini ochgan
 Siz Rabbim shollarni
 Sakratgan shodon
 Siz qalbim tubida
 Yashaysiz har on!
 Inson uchun jonin
 Tikkan Siz Rabbim
 Har bir koʻz yoshimni
 Yiqqan Siz Rabbim!
 Otaga sadoqat
 Sizda namoyon
 Sizdan oʻrnak olsa
 Arziydi jahon!

[C1]
   // Haleluya, haleluya
   Haleluya, omin //

[V2]
 Azobda xochingiz
 Koʻtarib holsiz
 &quot;Kechir ularni&quot; - deb
 Soʻradingiz Siz.
 &quot;Amalga oshdi&quot; - deb
 Aytdingiz asta
 INOYAT qalblarga
 Boʻldi payvasta!
 Dunyo yolgʻon bilan
 Toʻlgani sayin
 Sizning gʻalabangiz
 Aniq kun sayin
 Otamiz Xudoning
 Marhamati bu
 Imoni borlarga
 Inoyati bu!

[V3]
 Rahmat Rabbim Iso
 Rahmat Otajon
 Najotga muhtojdir
 Jumlayi jahon.
 Muqaddas Ruhingiz
 Yogʻdiring cheksiz
 Sizni ulugʻlashdan
 Ruhlanaylik biz!
 Oppoq bulutlarda
 Uchmoq istar dil
 Sizga hamdu sano
 Bitmoq istar dil.
 Sizga sanolarim
 Shukuronamdir
 Samo vatanimdir
 Jannat oilamdir!</lyrics>
</song>